SHE'RIYAT SHAYDOLARI" ijodiy to'garagi a'zolari teatrda

"Tohir va Zuhra" - oʻzbek xalq dostoni sifatida ko'pchilikka tanish. 2023-yilning 6-sanasida "TIQXMMI" MTU "Energetika" va "Iqtisodiyot" fakulteti talabalari "Muqimiy" nomidagi Oʻzbek davlat musiqali drama teatriga ushbu dostonni katta sahnada, jonli ijroda ko'rish uchun tashrif buyurishdi. "Energetika" fakulteti tyutori Nuraliyeva Zilola boshchiligida tashkil qilingan "SHE'RIYAT SHAYDOLARI" ijodiy to'garagi a'zolari ham teatrda jam bo'lishdi. Ikki yoshning fojeali ishqi, yaxshilik va yomonlik, hasad va xavasning hamisha yonma-yon yurishi singari hayotiy voqeliklar, obrazlar aktyorlar tomonidan maromiga yetkazib ijro etilgan. Tohir ham, Zuhra ham sevgi yo'lidagi kurashda ortga chekinmay,  hech qandav dahshatli kuchdan qo'rqmay, hatto o‘lim tahlikasi chog'ida ham sevgi yo'lida sobit qolgani qarsaklarga sazovor bo'ldi. Ikki sevishgan hayoti fojia bilan yakun topsa-da, muhabbatlari mangu dostonga aylangan afsona, doston tarixi barcha tomoshabinlarga birdek manzur bo'ldi. Bizni iliq kutib olgan teatr jamoasiga, sermazmun madaniy hordiqni tashkillashtirgan Universitetimizning ma'naviyat jonkuyarlariga tashakkur aytib qolamiz.